2024-yil 12-iyul kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida “Milliy qadriyatlar – yot g‘oyalarga qarshi” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari M. Yusupov va D. Yangiyevlar, boshqarmaning Ma’naviy va ma’rifiy ishlariga mas’ul xodimi J. Tuxtabayeva hamda boshqama xodimlari ishtirok etdilar.
Axborotlashgan jamiyatda yoshlarimizni turli xil yot va zararli g‘oyalardan, ayniqsa, “ommaviy madaniyat”, diniy ekstpemizm, terrorizm va axborot xurujlaridan himoyalash uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tushunarli va ishonarli qilib tayyorlangan materiallar asosida tizimli ravishda tadbirlar o‘tkazib borish, milliy g‘oyaning targ‘ibot samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Yoshlarimizni xalqimizga xos odob-axloq meyyorlariga mos, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqatli qilib tarbiyalash, toki yoshlarimiz milliy o‘zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo‘lib yetishish muhimdir.
Ogohlik ham hayot maktabidir, zero ogohlik davrimizning eng katta muhim talabidir. Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib davlatimiz tomonidan qaratilayotgan yuksak e’tiborga javoban Vatanimiz, yurtimiz istiqboli yo‘lida tinmay mehnat qilib, jonajon O‘zbekistonimizning jahonning eng rivojlangan davlatlari qatoridan munosib o‘rin egallashiga o‘z hissamizni qo‘shishimiz kerak.