12/07/2024

     Har qanday aholi va uy-joy fondini roʼyxatga olish natijasi maʼlumot boʼlib, bu maʼlumotlarning sifatiga boʼlgan ishonch juda muhimdir. Shu asosda, sifat menejmenti butun mamlakat boʼylab roʼyxatga olishda markaziy oʼrin tutishi kerak. Sifat menejmenti dasturi umumiy roʼyxatga olish dasturining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri boʼlib, rejalashtirish bosqichida, rivojlanish davrida, maʼlumotlarni yigʼish va qayta ishlash hamda natijalarni baholash va tarqatish kabi barcha ishlarga taʼsir qiladi.

     Har qanday sifat menejmenti dasturining asosiy maqsadlaridan biri sifat komponentini barcha darajalarda ishchilarning bilim va koʼnikmalaridan toʼgʼri foydalanish uchun belgilangan jarayonlar va tekshiruvlar orqali avvaldan integratsiyalashdir.


    Bundan tashqari, roʼyxatga olish jarayonida tuzatish choralari koʼrilishi uchun xatolarni aniqlashning operatsion tartib-qoidalarini ham oʼz ichiga oladi. Bunday dastur boʼlmasa, yakuniy maʼlumotlar natijalarning foydaliligini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin boʼlgan xatolar vujudga kelishi mumkin. Аgar maʼlumotlar sifati past boʼlsa, bunday maʼlumotlarga asoslangan yechimlar qimmat va notoʼgʼri hisob-kitoblarga olib kelishi mumkin. Oxir-oqibat, butun roʼyxatga olish obʼektivligi soʼroq ostida qolishi mumkin.

      «Аxborot sifati»ning turli tarkibiy qismlari aniqlanadi va keyinchalik roʼyxatga olish jarayonida sifatni boshqarish uchun ishlatilishi mumkin boʼlgan chegaralar, qoidalar tavsiflanadi.