05/07/2024

       2024-yilning yanvar-may oylarida jami 2 171,7 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

       Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 569,2 ming nafarga yoki 35,5 % ga oshgan.

       Joriy yilning yanvar-may oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

      Qirgʻiz Respublikasi – 995,3 ming nafar;

      Tojikiston – 449,8 ming nafar;

      Qozogʻiston – 322,5 ming nafar;

      Saudiya Arabistoni – 100,2 ming nafar;

      Rossiya – 86,5 ming nafar;

      Turkiya – 63,9 ming nafar;

      BAA – 55,7 ming nafar;

      Quvayt – 16,5 ming nafar;

      Misr – 13,5 ming nafar;

      Janubiy Koreya – 8,3 ming nafar;

      Boshqa davlatlar – 59,5 ming nafar.