02/07/2024

     2024-yil 2-iyul – O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilingan kun. Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgilardir. Ular xalqning oʻtmishi, buguni va kelajagini oʻzida mujassam etgani bilan qadrli va ahamiyatlidir.

      Davlat ramzlari bizni yurtimiz tinchligi, vatanimiz ravnaqi yo‘lida birlashtirib, mamlakatimiz mustaqilligini hamisha ko‘z qorachig‘iday asrashga, buyuk ajdodlarga munosib voris bo‘lishga, yuksak ishonch va qat’iyat bilan kelajakka qadam tashlashga da’vat etib turibdi. Davlat ramzlari – bayroq, gerb, madhiyamizda buyuk o‘tmish va yuksak madaniyatga ega bo‘lgan xalqimizning shon-sharafi, g‘ururi, or-nomusi, tarixiy xotirasi va kelajak sari intilishlari mujassamdir. Mana shu ramzlarni e’zozlash orqali biz o‘z qadr-qimmatini, o‘z mamlakatimiz istiqboli, demakki, o‘zimizga bo‘lgan ishonchimizni mustahkamlaymiz.

      U oliy saodat — Istiqlolimiz ramzi, oʻzini shu yurt farzandi deb bilgan har bir inson uchun cheksiz faxru iftixor manbaidir.