2024-yil 28-iyun kuni boshqarmada navbatdagi “Yoshlar - kelajagimiz bunyodkorlari” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma boshliqlari hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar.
O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Har qanday davlatning eng katta boyligi va eng buyuk kuchi bu uning- yoshlaridir. Yoshlar har bir yurtning ertasidir! Ayni bir shiddatli zamonda yoshlarning faol va shiddatli ishtiroki kuzatilmaydigan hech bir soha yo‘q. Ilm cho‘qqilarini egllagan, malakali kadr bo‘lib yetishgan va vatan ravnaqiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan bilimli yoshlar buyuk davlat qurishda poydevor qo‘yishga muhim o‘rin tutadi.
Andijon viloyati statistika boshqarmasi 30-iyun — “Yoshlar kuni” bilan Yangi O‘zbekistonning ertasi bo‘lgan barcha yoshlarni samimiy muborakbod etadi.
Sizni ilimga chanqoqlik, uyg‘oq nigoh, shijoat, tashabbus va kuch-salohiyat tark etmasin! Bayramingiz muborak bo‘lsin!