28/06/2024

     O‘zbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 2022-yil 17-avgustdagi Qonuniga asosan, joriy yilning 28- iyun kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasining ishchi xodimlari o‘rtasida “Diqqat hammaga” signalini berish usuli, favqulodda vaziyatlarda aholining harakatlari mavzusi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

     O‘quv mashg‘ulot mavzusi yuzasidan boshqarmaning Texnika xavfsizligi va fuqaro muhofazasi 2-toifali muhandisi B. Asrankulov ma’ruza qildi. O‘quv mashg‘uloti mavzusi bo‘yicha xodimlar o‘rtasida baxs va munozaralar bo‘lib o‘tdi.