27/06/2024

     Jahon tajribasida mamlakat aholisining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, kasbi, bandligi, daromad manbai va boshqa jihatlar boʼyicha batafsil maʼlumot toʼplashning eng samarali usuli aholini roʼyxatga olishni tashkil etish hisoblanadi. mamlakatimizda ilk bor oʼtkaziladigan aholini roʼyxatga olish tadbirlariga hozirdan jiddiy tayyorgarlik koʼrilmoqda.

     Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʼzining 2015 yildagi rezolyutsiyasiga asosan aʼzo davlatlarga har oʼn yilda kamida bir marta aholini roʼyxatga olish amaliyotini oʼtkazishni tavsiya etadi. Xoʼsh, bu bizga nima beradi? Birinchi navbatda, respublika aholisi va uning turmush sharoiti toʼgʼrisidagi ishonchli maʼlumotlar aynan aholini roʼyxatga olish orqali shakllantiriladi.

     Masalan, Fargʼonada necha kishi ishsiz? Аndijonda nechta oila uy-joyga muhtoj? Sirdaryoda yana nechta taʼlim muassasasi qurish lozim? Qashqadaryoda aholi xonadonlari asosan qaysi yillarda qurilgan? Toshkent shahrida aslida qancha kishi istiqomat qiladi va hokazo. Аholini roʼyxatga olish amaliyoti shu kabi koʼplab savollarga javob, muammolarga yechim topish imkonini yaratadi.

     Koʼpchilik insonlar aholini roʼyxatga olish amaliyotini statistik maʼlumotlar toʼplash tadbirlarining bir koʼrinishi, deb tushunadi. Аmmo bu shunchaki statistika emas, balki mamlakat aholisining maʼlum bir vaqtdagi fotosuratini koʼrish imkoniyatini beradigan yirik miqyosdagi tadbir hisoblanadi, shuningdek viloyatimiz Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyat boshqarmasi bilan xamkorlikda viloyatimizdagi jami 909 ta mahallalardagi raqamsiz uylar, nomsiz koʼchalar, xaritaga kiritilmay qolgan turar joylar, buzilgan uylar, yangi qurilayotgan turar joylar va aholi yashashi mumkin boʼlgan noturar joylar toʼgʼrisidagi birlamchi maʼlumotlar shakllantirilganligi, shunga asosan Davlat kadastrlar palatasining tumandagi filial xodimlari bilan birgalikda MFY larning sxematik xaritalari yangilanib tadbirga tayyor xolatga keltirilish ishlari olib borilyabdi.

      Аxolini roʼyxatga olish siyosiy tadbir boʼlib targʼibot tashviqot ishlari xam qilinib kelinmoqda, oliy taʼlim talabalariga davra suxbatlari oʼtkizilib roʼyxatga olish ishlari xaqida tushunchalar berildi kelgusida ular xam ushbu tadbirda ishtirok etishlari mumkinligi xaqida aytib utildi.