Joriy yilning 27-iyun kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida faoliyatni tashkil etish masalalarida o‘tkazilgan kompleks o‘rganish natijalarini muhokama qilish yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi raisi o‘rinbosari Z. Ziyayev raisligida masofaviy tarzda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i O.Mamadaliyev Andijon viloyati statistika organlarida faoliyatni tashkil etish masalalarida o‘tkazilgan kompleks o‘rganish davomida aniqlangan yutuqlar va kamchiliklar yuzasidan axborot berib o‘tdi.
Yig‘ilishda o‘tkazilgan kompleks o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, kamchiliklarga yo‘l qo‘yib kelayotgan masʼul xodimlarga amaldagi tartibda choralar ko‘rildi.
Yig‘ilish yakunida aniqlangan xato va kamchiliklarni kelgusida takrorlanmasligi va oldini olish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berib o‘tildi.