Andijon viloyati statistika boshqarmasining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi xodimlari tomonidan joriy yilning 24-iyun kuni Andijon davlat universitetida “Aholini royxatga olishga tayyorgarlik ko'rish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda viloyat statistika boshqarmasi boʻlimi mutaxassislari, institut oʻqituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.
Seminar davomida viloyatdagi mavjud barcha shahar va tuman sxematik xaritalari hamda mahalla va qishloq aholi punktlarining chizma rejalarini tayyorlash, amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar boʻyicha alohida toʻxtalib oʻtildi.
Shuningdek, respublikamizda aholini roʻyxatga olish tadbirini oʼtkazishning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada koʻrilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida maʼlumotlar berildi.