2024-yilning yanvar-may oylarida respublikada transport xizmatlari hajmi 48 543,8 mlrd soʻmni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan ushbu xizmat turi 7,1 % ga oshgan.
Hududlar kesimida mazkur yoʻnalishda nisbatan yuqori koʻrsatilgan xizmatlar hajmi Toshkent shahri (8 902,6 mlrd soʻm), Toshkent (3 023,6 mlrd soʻm), Samarqand (2 861,9 mlrd soʻm), Fargʻona (2 107,8 mlrd soʻm) hamda Andijon (1 840 mlrd soʻm) viloyatlarida qayd etildi.