21/06/2024

      2024-yil 21-iyun kuni boshqarmada navbatdagi “Giyohvandlik - asr vabosi!” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma boshliqlari hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar.

      Giyohvandlik nafaqat bu illat bilan shug‘ullanuvchilarga, balki butun jamiyatga tahdid soladi. Giyohvand moddalarni iste’mol qilish inson kamolotiga, imon-e’tiqodiga xavf xatar solish bilan bir qatorda mustaqil mamlakatimiz rivojlanishi va taraqqiyotiga ham o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

      Giyohvandlik yoki bangilikning boshlanishi va kelib chiqishini oldini olish maqsadida yoshlarning tarbiyasida hamma vaqt ularni qaerda va kimlar bilan birgalikda bo‘lishlari, nima ish bilan mashg‘ul ekanlari, qanday o‘rtoqlari borligini nazorat qilish juda muhimdir.

      Asr vabosiga qarshi kurashish – barchamizning ishimiz. O‘zini shu yurt farzandiman, deb bilgan har bir fuqaro bu harakatdan chetda turmasligi kerak. Mazkur jarayon umummilliy kurashga aylanmog‘i shart. Shundagina minglab yoshlarimizning kelajagini, oilalarimiz osoyishtaligini saqlab qolgan bo‘lamiz.