Joriy yilning 21-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Xalqaro hamkorlik va Axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i O.T.Mamadaliyev va Andijon viloyati Statistika Boshqarmasi boshlig‘i N.G‘.To‘xtaboyevlar hududlarda ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini narxlari bo‘yicha 12-narx shakli (oylik) statistika kuzatuvlarini olib bormoqdalar.
Shuningdek kuzatuv mobaynida Shahrixon tumanidagi " LIDER SHOES " MCHJ da kuzatuvlar olib borildi. Kuzatuv davomida korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish narxi hamda sotish harajatlari to‘g‘risida ma’lumotlar olindi.