Joriy yilning 20-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Xalqaro hamkorlik va Axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i O.T.Mamadaliyev va Andijon viloyati Statistika Boshqarmasi boshlig’i N.G‘.To‘xtaboyev hamda Viloyat statistika boshqarmasi mas’ul xodimlari hududlarda mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqaruvchilar narxlari bo‘yicha 12-narx shakli (oylik) statistika kuzatuvini olib bormoqdalar.
Shuningdek kuzatuv mobaynida Baliqchi tumanidagi " SKORTON TEKSTIL " MCHJ da kuzatuvlar olib borildi. Kuzatuv davomida korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish narxi hamda sotish harajatlari to‘g‘risida ma’lumotlar olindi.