14/06/2024

      Andijon viloyati Statistika boshqarmasi jamoasi barcha vatandoshlarimizni muqaddas islom dinining ezgu gʻoyalarini, xalqimizning urf-odat, anʼanalari va qadriyatlarini oʻzida yaqqol ifoda etadigan, qadimiy bayramimiz – Qurbon hayiti bilan  chin qalbdan muborakbod etadi.

    Oʻzaro mehr-oqibat, ezgulik va sahovat, millatlararo ahillik, bagʻrikenglik ramzi boʻlgan mazkur ayyom Vatanimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari uchun, butun xalqimiz uchun eng aziz va qadrli bayramlardan biri hisoblanadi. Alloh taolo jonajon yurtimizning tinchlik-xotirjamligini bardavom aylasin, obod va ozod vatanimizni yomon ko‘zlardan O‘z panohida asrasin! Bunday shodiyona kunlarga eson-omonlik va bag‘ri butunlikda takror-takror yetishib yurish baxti barchamizga nasib etsin! 

   Ana shunday ezgu gʻoyalarga mujassam boʻlgan Qurbon hayiti avvalo, yurtimizga tinchlik-omonlik, xonadonlarimizga baxtu saodat va qut-baraka olib kelsin! 

   Qurbon hayitingiz - muborak boʻlsin Aziz Vatandoshlar!    

Tugmani bosing Tinglash GSpeech