14/06/2024

      2024-yilning yanvar-aprel oylarida jami 6,4 ming nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

      Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 ming nafarga yoki 59,8 % ga oshgan.

      Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga oʻqish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

      Hindiston — 2 090 nafar;

      Turkmaniston — 1 627 nafar;

      Tojikiston — 758 nafar;

      Qirgʻiz Respublikasi — 317 nafar;

      Janubiy Koreya — 249 nafar;

      Xitoy — 242 nafar;

      Pokiston — 237 nafar;

      Afgʻoniston  — 132 nafar;

      AQSH — 118 nafar;

      Qozogʻiston — 102 nafar;

       Boshqa davlatlar — 535 nafar.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech