14/06/2024

       2024-yil 14-iyun kuni boshqarmada navbatdagi “Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma boshliqlari hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar.

       Mustaqillik sharofati bilan milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz qayta tiklandi, tarixan mazmundor ma’naviy meroslarimiz yana sayqal topdi. Dinimizda bir yilda ikki kun – Ramazon hayiti va Qurbon hayiti kunlarini mo‘min-musulmonlar uchun bayram kuni etib belgilangan. Saxiy, e’tiqodli va bag‘rikeng xalqimiz bu bayramlar falsafasi, savobidan bahra olmoqda. Hayit kunlari do‘stlik va birodarlik ruhida xayru saxovat kabi ezgu amallar bajariladi, gina-qudratlar unut bo‘ladi. Kishilar yaqinlarini yo‘qlaydi, bemorlar va muhtojlar holidan xabar oladi, ularga hadyalar ulashadi. Bu o‘zaro mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlaydi. 

        Barchaning qalbida bir tilak: Shu aziz Vatanimizga ko‘z tegmasin. Mustaqilligimiz va tinchligimiz, hamjihatligimiz mangu bo‘lsin. Ezgu maqsad bilan davom etayotgan buyuk ishlarimizning barakasini bersin.

        Fursatdan foydalanib, Andijon viloyati statistika boshqarmasi butun O‘zbekiston xalqini ulug‘ bayrami bo‘lmish “Qurbon hayiti”  bilan chin yurakdan muborakbod etadi. Alloh taolo jonajon yurtimizning tinchlik-xotirjamligini bardavom aylasin, obod va ozod vatanimizni yomon ko‘zlardan O‘z panohida asrasin! Bunday shodiyona kunlarga eson-omonlik va bag‘ri butunlikda takror-takror yetishib yurish baxti barchamizga nasib etsin! Kirib kelayotgan bayramingiz muborak bo‘lsin, azizlar! 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech