2024-yil 1-aprel holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni jami 23 755 tani, shundan yangi tashkil etilganlari 1 005 tani tashkil etdi.
2024-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, hududlar bo‘yicha faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning eng ko‘pi Andijon shahrida 6 498 tani yoki jamiga nisbatan 27,4 % ni tashkil etdi.