Joriy yilning 5-Iyun kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida uzoq yillar davomida faoliyat yuritib kelgan bir necha faxriy xodimlar munosib tarzda nafaqaga kuzatildilar.
Andijon viloyati statistika boshqarmasi hamda Kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan mehnat faxriylariga statistika tizimi rivojiga qo‘shgan hissalari uchun minnatdorchilik bildirdilar hamda esdalik sovg'alari topshirildilar.
Andijon viloyati Statistika Boshqarmasi jamoasi mehnat faxriylarini munosib tabriklab, ularga sixat-salomatlik, tinchlik-omonlik, oilaviy xotirjamlik hamda kelgusi ishlarida doim baxt va quvonch hamrox bo‘lishini tilaydi!