05/06/2024

     Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

     Jumladan, joriy yilning 5-Iyun kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi ro’yhatga olish jarayonlarini tashkil etish va o’tkazish bo’limi bosh mutaxassisi B. Izbosorov tomonidan Andijon tumani O‘rikzor-2 MFYda xonadonlar raqamlanish holati hamda nomi o‘zgargan ko‘chalarga yangi nom belgilarini o‘rnatish jarayoni o‘rganildi.