05/06/2024

     Andijon viloyati statistika boshqarmasining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi xodimlari tomonidan Andijon qishloq hoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida “Aholini roʻyxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar oʻtkazildi.

     Seminarda viloyat statistika boshqarmasi boʻlimi  mutaxassislari, institut oʻqituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

     Seminar davomida viloyatdagi mavjud barcha shahar va tuman sxematik xaritalari hamda mahalla va qishloq aholi punktlarining chizma rejalarini tayyorlash, amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar boʻyicha alohida toʻxtalib oʻtildi.

     Shuningdek, respublikamizda aholini roʻyxatga olish tadbirini oʼtkazishning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada koʻrilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida maʼlumotlar berildi.

4-photo_5364290539706507199_y

     Talabalarning savollariga statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.