31/05/2024

     2024-yil 1-iyun kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari M. Yusupov, D. Yangiyev, boshqarmaning Ma’naviy va ma’rifiy ishlariga mas’ul xodimi J. Tuxtabayeva  hamda boshqama xodimlari ishtirok etdilar.

     Bola tabassumi – olam bezagi. Ayniqsa, 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida sayyoramiz bolajonlarning samimiy va beg‘ubor kulgusi bilan yanada yasharib ketadi. Bu sana quyoshli diyorimizda ham o‘zgacha intiqlik bilan kutiladi. Azaldan bolajon bo‘lgan xalqimiz shu kuni kundalik tashvishlarni bir chetga qo‘yib, farzandlarini istirohat bog‘lariyu ko‘ngilochar maskanlarga olib borishga oshiqadi. Bolajonlarga turli xil sovg‘alar ulashiladi. Bu esa oilada mehr-muhabbat rishtalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

    Andijon viloyati statistika boshqarmasi yurtimizdagi barcha bolalarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tabriklaydi.