30/05/2024

     Andijon viloyat statistika boshqarmasi tomonidan joriy yilning 30-may kuni Statistika agentligi direktorining topshirig‘iga asosan statistika organlarida majburiy tartibda shakllantirilgan 10 ta papka ko‘rsatkichlari bo‘yicha Andijon viloyati statistika boshqarmasi, tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari uchun vebinar bo‘lib o‘tdi.

     Vebinarda 10 ta papka ma’lumotlaridan samarali foydalanish, har bir tuman, shaharning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistik ma’lumotlarni shakllantirish tartiblari yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.