30/05/2024

     Joriy yilning 30-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boʻlimi xodimlari uchun qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2-7j1a9132

     Shuningdek, vebinarda xodimlarga qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi. Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va e’lon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

3-7j1a9137

4-7j1a9124

     Vebinar yakunida Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boʻlimi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.

5-7j1a9143

Tugmani bosing Tinglash GSpeech