29/05/2024

     Joriy yilning 29-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Raqamlashtirish va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlari uchun axborot va kiberxavfsizlik masalalariga oid oʻquv amaliy seminari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2-29_05_20247j1a9079

     Shuningdek, vebinarda xodimlarga axborot va kiberxavfsizlik masalalariga oid yangi hujjatlar va topshiriqlar boʻyicha tushunchalar berildi. Maʼlumotlar xavfsizligi masalalari boʻyicha amaliy misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

3-29_05_20247j1a9058

4-29_05_20247j1a9025

     Vebinar yakunida Raqamlashtirish va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.
5-29_05_20247j1a9081

6-29_05_20247j1a9050

Tugmani bosing Tinglash GSpeech