2024-yil 29-may kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda boshqarma boshlig‘i N.G‘. To‘xtaboyev, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari D. Yangiyev, boshqarmaning Ma’naviy va ma’rifiy ishlariga mas’ul xodimi J. Tuxtabayeva hamda boshqama xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirni boshqarma boshlig‘i N.G‘. To‘xtaboyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. “Eng yaxshi kitobxon” tanlovida qatnashgan xodimlarga o‘z minnaddorchiligini bildirib, ularning kelgusi ishlarida mufaffaqiyatlar tiladi. Kelgusida mana shunday tanlovlarni boshqarma xodimlari o‘rtasida o‘tkazib turishligini, xodimlarining intellektual salohiyati, ongu tafakkuri, dunyoqarashi va ma‘naviyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda ular o‘rtasida faol kitobxonlar safini kengaytirish va notiqlik xususiyatlarini yuksaltirish bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini aytib o‘tdi.
Tanlovning saralash bosqichi natijalariga ko‘ra, faxrli o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar boshqarma tomonidan tayyorlangan maxsus sovg‘alar va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.
Xulosa o‘rnida ta‘kidlash joizki, mazkur tanlovlar xodimlarning ma‘naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni yanada ommalashtirish, milliy adabiyotimizning durdona asarlarini tizim xodimlari o‘rtasida keng targ‘ib etishda munosib o‘rin tutadi.