Aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga davlat siyosati darajasida alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada davlat tashkilotlari va idoralarida ham turli sport tadbirlari tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Namangan viloyati Statistika boshqarmasi bilan birgalikda joriy yilning 24–25-may kunlari Namangan shahrida Statistika agentligining hududiy boshqarmalarining xodimlari ishtirokida “Yosh statistiklar 1-forumi” tadbiri o‘tkazildi.
Forum doirasida hududiy boshqarmalarining xodimlari o‘rtasida stol tennis, shashka hamda boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Musobaqa so‘nggida g‘olib va sovrindor jamoalarga diplom va esdalik so‘vg‘lari topshirilildi.