24/05/2024

     Joriy yilning 24-may kuni Qo‘rg‘ontepa tumani 41-IDUM da "Aholini ro‘yhatga olishning ahamiyati" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

     Seminarda Statistika boshqarmasi mutaxassislar va Qo‘rg‘ontepa tumani 41-IDUM o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

     Seminar davomida respublikamizda aholini roʼyxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida ma'lumotlar berildi.

     Shuningdek, 2024 yilni mamlakatimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”, deb e’lon qilinishi munosabati bilan aholi o‘rtasida ro‘yxatga olish tadbirini nechog‘lik muhimligi va uni o‘tkazishga yoshlar, fuqarolar hamda tadbirkorlarning o‘zlari ham qatnashish imkoniyatiga ega ekanligi takidlab o‘tildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech