22/05/2024

   Joriy yilning 22-may kuni Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institutida “Aholini ro`yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

 Seminarda Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti iqtisodiyot fakulteti hamda statistika boshqarmasi va Andijon tumani statistika bo'limi mutaxassislar hamda talabalar ishtirok etishdi.

     Seminar davomida respublikamizda aholini roʼyxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida ma'lumotlar berildi.

     Shuningdek, 2024 yilni mamlakatimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”, deb e’lon qilinishi munosabati bilan aholi o‘rtasida ro‘yxatga olish tadbirini nechog‘lik muhimligi va uni o‘tkazishga yoshlar, fuqarolar hamda tadbirkorlarning o‘zlari ham qatnashish imkoniyatiga ega ekanligi to‘g‘risida takidlab o‘tildi.

     Talabalarning savollariga statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.