22/05/2024

    Joriy yilning 21-may kuni Buloqboshi tumani 2-son kasb-hunar maktabida "Aholini ro‘yhatga olishning ahamiyati" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

    Seminarda Statistika boshqarmasi mutaxassislar va Buloqboshi tumani 2-son kasb-hunar maktabi o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

    Seminar davomida respublikamizda aholini roʼyxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida ma'lumotlar berildi.

    Shuningdek, 2024 yilni mamlakatimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”, deb e’lon qilinishi munosabati bilan aholi o‘rtasida ro‘yxatga olish tadbirini nechog‘lik muhimligi va uni o‘tkazishga yoshlar, fuqarolar hamda tadbirkorlarning o‘zlari ham qatnashish imkoniyatiga ega ekanligi takidlab o‘tildi.