21/05/2024

     Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

     Jumladan, joriy yilning 21-may kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi Qo‘rg‘ontepa tumani statistika bo’limi boshlig’i K.G‘ofurov tomonidan Qo‘rg‘ontepa tumani Uchqun MFYda xonadonlar raqamlanish holati hamda nomi o‘zgargan ko‘chalarga yangi nom belgilarini o‘rnatish jarayoni o‘rganildi.