17/05/2024

      Mamalakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, aholi toʼgʼrisida toʼla va ishonchli maʼlumotga ega boʼlish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasining 2020 yil 16 martdagi «Аholini roʼyxatga olish toʼgʼrisida»gi 611-sonli qonuni qabul qilindi.

      Qonunning asosiy maqsadi aholini roʼyxatga olish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan toʼgʼrisida. Qonun 5 bob 31 moddadan iborat boʼlib, Qonunning 23-moddasi bevosita Shaxsga doir maʼlumotlarni yigʼish tartibini belgilaydi.

      Shaxsga doir maʼlumotlarni yigʼish respondentlar yashaydigan (turadigan) turar joylarni va boshqa xonalarni aylanib chiqish chogʼida yoxud mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ushbu maqsadlar uchun beriladigan xonalarda respondentlar soʼrovini oʼtkazish hamda roʼyxatga olish varaqlarini toʼldirish orqali amalga oshiriladi.

      Shaxsga doir maʼlumotlarni yigʼish axborot xavfsizligini taʼminlash talablarini hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali ham amalga oshirilishi mumkin.

      Respondentlar soʼrovi davlat tilida oʼtkaziladi. Davlat tilini bilmaydigan respondentlar ona tilida yoki erkin ravishda tanlangan muloqot tilida soʼrovdan oʼtkazilishi mumkin.

      Roʼyxatga olish varaqlari roʼyxatga oluvchi xodimlar tomonidan respondentlarning soʼzlari asosida toʼldiriladi.

      Аholini roʼyxatga olishni oʼtkazish muddati ichida yashash (turgan) joyida hozir boʼlmagan yoki voyaga yetmagan shaxslar boʼlgan respondentlar toʼgʼrisidagi shaxsga doir maʼlumotlar ular uy xoʼjaligining voyaga yetgan aʼzolari tomonidan maʼlum qilinadi. Oʼziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxslar toʼgʼrisidagi shaxsga doir maʼlumotlar ularning vasiylari yoxud homiylari tomonidan maʼlum qilinadi.

      Respondent roʼyxatga olish varagʼidagi savollarga javob berishni rad etgan taqdirda roʼyxatga olish varagʼi fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlaridagi yoki mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi mavjud maʼlumotlar asosida toʼldiriladi.

      Аholini roʼyxatga olish dasturida nazarda tutilmagan savollar boʼyicha shaxsga doir maʼlumotlarni yigʼish taqiqlanadi.