15/05/2024

     Joriy yilning 15-may kuni Andijon viloyati Andijon shahrida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuvda Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M. Yusupov hamda Investitsiya va qurilish statistika bo‘limi ma'sul mutaxassisi O. Tashxodjayeva va Andijon shahar Kadastr boshqarmasi xodimi bilan birgalikda Andijon shahrida 4-TJ (turar-joy) tanlanma kuzatuvlari olib borildi.
 
  
     Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof va haqqoniy tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.
Tugmani bosing Tinglash GSpeech