Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 15-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limlari xodimlari uchun “Aholini ro‘yxatga olish tartibi” mavzusida vebinar tashkil etildi.
Mazkur vebinarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 4-martdagi PQ-114-son qarorida aholini ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish va natijalarini e’lon qilish bosqichlarining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib berildi.
Vebinar yakunida Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boʻlimi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.