15/05/2024

     2024-yil  15-may  kuni  boshqarmada  navbatdagi   “15-may — Xalqaro oila kuni” munosabati  bilan ma’naviyat  soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda  boshqarma  boshliq‘i N.G‘. To‘xtaboyev, boshqarma boshliq‘ining o‘rinbosari M. Yusupov  hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirda boshqarma boshlig‘i oila muqaddas qo‘rg‘on va oilamiz hamisha tinch bo‘lishligi uchun hamisha uni asrab avaylash, oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda an’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma’naviy-ahloqiy muhitni yaxshilashga katta e’tibor qaratish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

     So‘ng boshqarmaning ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva so‘z olib, Yurtimizda oilani mustahkamlash, sog‘lom va barkamol avlodni kamol toptirish  borasida izchil va samarali chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi, yangilangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida avvalgi “Oila” bobi – “Oila, bolalar va yoshlar” deya qayta nomlanganligi va ushbu bobga qo‘shimcha ravishda yoshlarga oid alohida modda kiritilganligini, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 76-moddasida: “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir”, deyilganligi haqida aytib o‘tdi.