15/05/2024

     2024-yilning yanvar-mart oylarida jami 1 263 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

     Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 365,6 ming nafarga yoki 40,7 % ga oshgan.

     Joriy yilning yanvar-mart oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

     Qirgʻiz Respublikasi — 559,1 ming nafar;

     Tojikiston — 260,8 ming nafar;

     Qozogʻiston — 184,1 ming nafar;

     Saudiya Arabistoni — 70,6 ming nafar;

     Rossiya — 50,3 ming nafar;

     BAA — 38,5 ming nafar;

     Turkiya — 34,4 ming nafar;

     Quvayt — 13,8 ming nafar;

     Misr — 8,2 ming nafar;

     Tailand — 6,2 ming nafar;

     Boshqa davlatlar — 37,1 ming nafar.