14/05/2024

       2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida 6,5 % ga o‘sish kuzatilgan.

     Ushbu tarmoqdagi ijobiy dinamika, asosan tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘ining qo‘shilgan qiymati 4,9 % ga, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning 7,1 % ga, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash tarmog‘ining 2,9 % ga hamda  suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish tarmog‘ining 5,8 % ga ijobiy o‘sishi hisobiga ta’minlandi.