13/05/2024

Andijon davlat tibbiyot institutida "Aholini ro‘yxatga olishning ahamiyati" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

     Seminarda Andijon viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislar va Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari ishtirok etishdi.

     Seminar davomida respublikamizda aholini roʼyxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida ma'lumotlar berildi.

     Shuningdek, 2024 yilni mamlakatimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”, deb e’lon qilinishi munosabati bilan aholi o‘rtasida ro‘yxatga olish tadbirini nechog‘lik muhimligi va uni o‘tkazishga yoshlar, fuqarolar hamda tadbirkorlarning o‘zlari ham qatnashish imkoniyatiga ega ekanligi takidlab o‘tildi.