2024-yilning yanvar-fevral oylarida, Andijon viloyatida jami 734,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 108,1 % ni tashkil etdi.
2024-yilning yanvar-fevral oylarida shahar va tumanlar kesimida, xususan, Andijon shahri (282,9 mlrd. so‘m), Andijon tumani (84,4 mlrd. so‘m) va Shahrixon tumanida (55,5 mlrd. so‘m) qurilish ishlarining yuqori hajmi qayd etildi.