2024-yilning yanvar-fevral oylarida Andijon viloyatida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
- binolar va inshootlar qurish yo‘nalishi 67,6 % ulushni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 101,9 % ni tashkil etdi;
- fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 20,4 % ulushni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 223,7 % ni tashkil etdi;
- ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 12,1 % ulushni va 2023-yilning mos davriga nisbatan 108,2 % ni tashkil etdi.