Joriy yiling 27-mart kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi Narx statistikasi bo‘limi boshlig‘i M.Zokirov va Andijon viloyati statistika boshqarmasi Narx statistikasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Qodirov hamda Izboskan tumani statistika bo‘limi boshlig‘i X.Rejabov bilan birgalikda Izboskan tumani dehqon bozorida 5-narx (o‘rtacha) haftalik kuzatuvlarining nazorati bo‘yicha joylashgan dislokatsion nuqtalarda kuzatuvlar olib bordilar.
Kuzatuv jarayonida bozordagi narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligi o‘rganildi va narxlarni planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.