16/03/2024

      Navro‘z umumxalq bayrami arafasida mamlakatimizning barcha hududlari, qishloqlar, mahallalar, tashkilot va muassasalarda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

      Milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, qadriyatlarimizda ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan hashar alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan xalqimizda hashar – elga yarashar degan ezgu ibora bor.

      Shu munosabat bilan Joriy yilning 16-mart kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida umumxalq xayriya hashari ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda.

      Erta tongdan ahil jamoa a’lo kayfiyatda va hamjihatlikda hashar ishlariga faol qatnashdi.

       Umumxalq xayriya hashari davom etmoqda.

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya