15/03/2024

     Kichik korxona va mikrofirmalarning 2023-yilning IV choragida oʻtkazilgan kuzatuv natijalariga koʻra, joriy davrda iqtisodiy vaziyatini qulay deb baholagan korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha eng koʻp ulushi savdoda – 39,7 % ni, xizmatlar sohasida – 38,6 % ni va qurilishda – 36,9 % ni tashkil etdi.

    Shuningdek, iqtisodiy vaziyatini qoniqarli deb baholagan korxonalarning eng koʻp ulushi qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida – 57,6 % ni, sanoatda – 55,6 % ni va qurilishda – 55,0 % ni tashkil etdi.