15/03/2024

     Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga respublikamiz boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda otlar soni 275,9 ming boshga yetdi va 2023-yilning mos davriga nisbatan 2,6 % ga koʻpaydi.

     Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlillar, otlar umumiy sonining 68,8 % i – dehqon va tomorqa xoʻjaliklari, 24,8 % i – fermer xoʻjaliklari, 6,4 % i  – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga toʻgʻri kelganligini koʻrsatmoqda.