2024-yilning yanvar oyida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 1 405,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023- yilning yanvar oyiga nisbatan 112,0 % ga yetdi.
2024- yilning yanvar oyida 2023- yilning yanvar oyiga nisbatan viloyatning Andijon shahri (14,2 %), Qo‘rg‘ontepa (17,8 %), Asaka (15,0 %), Marhamat (13,1 %), Shahrixon (11,5 %), va Buloqboshi (11,2 %) tumanlarida chakana savdo tovar aylanmasining eng yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi.