Joriy yilning 12-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limlari xodimlari uchun “Respublikamizda aholini ro‘yxatga olishning huquqiy asoslari” mavzusida vebinar tashkil etildi.
Vebinarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 4-martdagi PQ-114-son qarori, Birlashgan Millatlar Tashkilotining aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha tavsiyalari, O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonuni, aholini ro‘yxatga olish masalalariga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va Vazirlar Mahkamasi qarorining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib berildi.
Vebinar yakunida xodimlarga aholini ro‘yxatga olishning huquqiy asoslari bo‘yicha test savollari berilib, ularning mavzuni o‘zlashtirganlik darajasi baholandi.