13/03/2024

     Respublikamizda joriy yilning 1-mart holatiga koʻra, sanoat sohasida 110 851 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, ularning oʻsish surʻati 2023-yilning mos davriga nisbatan 103,1 % ni tashkil etdi.

     Soʻnggi yillarda ushbu sohada roʻyxatdan oʻtgan korxonalarning dinamikasi quyidagicha (1-mart holatiga):

     2020-yilda –  76 931 ta;

     2021-yilda –  91 829 ta;

     2022-yilda –  97 966 ta;

     2023-yilda – 107 561 ta;

     2024-yilda – 110 851 ta.