12/03/2024

     2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Оliy taʼlim tashkilotlarining magistratura yoʻnalishini 15 923 nafar talaba bitirgan.

     Bitiruvchilar soni sohalar boʻyicha quyidagicha:

     taʼlim – 3 281 nafar;

     muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari – 2 761 nafar;

     sanʼat va gumanitar fanlar – 2 585 nafar;

     tabiiy fanlar, matematika va statistika – 1 791 nafar;

     biznes, boshqaruv va huquq – 1 616 nafar;

     ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot – 1 245 nafar;

     sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot – 798 nafar;

     qishloq, oʻrmon, baliqchilik xoʻjaligi va veterinariya – 771 nafar;

     axborot-kommunikasiya texnologiyalari – 605 nafar;

     xizmatlar – 470 nafar.