Assalomu aleykum, Muhtarama onaxonlar! Munis opa-singillarimiz! Dilbar qizlarimiz!
Avvalo siz azizlarni, sizlarning timsolingizda butun O‘zbekiston xotin-qizlarini, Andijon viloyati Statistika Boshqarmasi nomidan, bahor va nafosat, go‘zallik va latofat bayrami, "8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.
Barchangizga uzoq umr, sihat-salomatlik baxt va omad, Oilangizga tinchlik-omonlik tilaymiz.
Qutlug‘ bayramingiz muborak bo‘lsin!
Cheksiz hurmat va ehtirom bilan
Andijon viloyati Statistika Boshqarmasi