Joriy yilning 6-mart kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan ayollar uchun tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Andijon viloyati Statistika boshqarmasi boshlig‘i N.G‘.To‘xtaboyev hamda Andijon viloyati Statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari M.Yusupov va D.Yangiyev ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘z olgan viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i N.G‘. To‘xtaboyev tadbir qatnashchilarini, ya’ni ayollarni, yurtimizga bahor nafasi kirib kelishidan darak beruvchi 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.
Shuningdek, Andijon viloyati hokimi Sh. Abduraxmonovning viloyat ayollariga tabrigini o‘qib eshittirdi. N.G‘. To‘xtaboyev o‘z so‘zida, ayolni bahorga, bahorni esa ayolga qiyoslanishi bejiz emasligini, o‘lkamiz uzra muattar sepini yoya boshlagan bahorning ilk kunlari aynan xotin-qizlar bayrami bilan boshlanishi ham ramziy ma’no kasb etishini, ayoli bor oila qut-barakali, fayzli va tarovatli bo‘lishi, yurtimiz ham, jamiyatimiz ham ayol bilan go‘zal ekanligini aytib o‘tdi.
Bayram shukuhi o‘yin-kulgu va xursandchilik bilan yuqori kayfiyatda davom etdi.