Andijon viloyati statistika boshqarmasida 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan “Muqaddassan, ayol” shiori ostida ayollar uchun tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat makazi Andijon viloyat bo‘limi rahbari o‘rinbosari N. Maraximova va Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi M. Mamajonova ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘z olgan viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i N.G‘. To‘xtaboyev tadbir qatnashchilarini, ya’ni ayollarni, yurtimizga bahor nafasi kirib kelishidan darak beruvchi 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.
So‘ng Respublika Ma’naviyat va ma’rifat makazi Andijon viloyat bo‘limi rahbari o‘rinbosari N. Maraximova ham so‘z olib, statistika boshqarmasida ishlayotgan ayollarga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat makazi Andijon viloyati bo‘limi rahbarining viloyat ayollariga yo‘llagan tabrigini yetkazdi. Boshqarma ma'naviyat va ma'rifat ishlari mas'ul hodimi J.Tuxtabayevaga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat makazi Andijon viloyat bo‘limi rahbariyati tomonidan bayram tuhfasi ulashildi.